Aholi murojaatlari joyida o‘rganildi
2026-07-01 10:40:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi aholidan kelib tushgan murojaatni joyida o‘rgandi. Muloqot davomida “Yangi zamin”, “Tinchlik” va “Yoshlik” mahallalarini bog‘lovchi yo‘lni ta’mirlash masalasi ko‘tarildi.

Mazkur yo‘lda manzilli dastur asosida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, chiqindilarni to‘plash va bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham taklif va murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






