Yangi Namangan tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi
2026-06-28 21:00:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Namangan viloyati IIB boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Yangi Namangan tumanining “Sahovat”, “Bunyodkor”, “Beruniy” va “Guliston” mahallalarida tuman hokimi ishtirokida navbatdagi kompleks o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida mahallalardagi mavjud vaziyat, profilaktik ishlarning tashkil etilishi, masʼul rahbarlar va sohaviy xizmatlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilinib, hududlarda manzilli ishlarni kuchaytirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, mahallalarga biriktirilgan masʼullarning javobgarligini yanada kuchaytirish hamda profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va boshqa masʼul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.
Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida alohida toifadagi shaxslar, yoshlar va muammoli oilalar bilan huquqiy tushuntirish hamda tarbiyaviy-profilaktik ishlarni manzilli tashkil etish, aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish bo‘yicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.









