Yangi Namangan tumanida FVB infratuzilmasini yaxshilash choralari belgilandi
2026-06-29 10:40:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimligi tomonidan tumandagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limida xizmat faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tashrif davomida binolar, xizmat xonalari, maxsus texnika va moddiy-texnik ta’minot holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan maishiy sharoitlar va xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
O‘rganishlar yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, binoni ta’mirlash hamda bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









