Yoshlar oqshomi 20 mingdan ortiq kishini bir maydonga jamladi
2026-06-28 22:25:00 / Yangiliklar

Afsonalar vodiysi tematik bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda Yangi Namangan tumanining turli sohalarda faol, tashabbuskor va namunali bo‘lgan 24 nafar yoshlari tantanali ravishda taqdirlandi. Ularning yutuqlari va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.
Kechaning eng yorqin lahzalaridan biri estradamizning sevimli xonandasi Ozoda Nursaidova ishtirokidagi gala-konsert bo‘ldi. Xonandaning mashhur taronalari yangraganida yoshlar qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, maydonni ko‘tarinki kayfiyat va olqishlar egalladi.
Shuningdek, millionlab muxlislar mehrini qozongan “music.bolalar” jamoasi ham jonli ijrolari bilan tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Jo‘shqin musiqa, samimiy muhit, yorqin chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan Yoshlar oqshomi 20 mingdan ortiq san’atsevarlarni bir joyga jamladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









