Media vakillari bayram munosabati bilan qutlandi
2026-06-28 11:35:00 / Matbuot anjumanlari
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Yangi Namangan tumani hokimi “Nammakon” majmuasida OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy muloqot va bayram dasturxoni atrofida media sohasi fidoyilariga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashib, uchrashuvga yanada fayz bag‘ishladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








