“Kelajak tongi”da infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi
2026-06-26 11:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi “Kelajak tongi” mahallasida infratuzilma va aholi turmush sharoitlarini o‘rgandi.

Tashrif davomida mahallaning “Obod” ko‘chasidagi mavjud muammolar, jumladan, yo‘llar holati, kommunikatsiya tarmoqlari va umumiy obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Yo‘llarni ta’mirlash ishlarini “Tashabbusli budjet” orqali, aholi bilan birgalikda amalga oshirish mumkinligi tushuntirildi.
Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









