Muhtoj oilalar uylari ta’mirlanmoqda
2026-06-24 15:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

O‘rganishlar natijasida 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi yo‘q oilalarga yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Unga ko‘ra tumandagi 25 ta ehtiyojmand oilaning uy-joylari ta’mirlandi. Xonadonlarning tom va devorlari yangilanib, issiqlikni saqlash imkoniyati yaxshilandi. Shuningdek, zamonaviy va energiya tejamkor deraza hamda eshiklar o‘rnatildi.
Mazkur ishlar oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, ular uchun munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi, bu boradagi sa’y-harakatlar davom etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





