Yoshlar yetakchilari bilan muloqot o‘tkazildi
2026-06-18 14:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mahallalarda faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, joylarda mavjud muammo va takliflarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yechimini kutayotgan masalalar hamda faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar tinglandi.
Muloqot yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatini rivojlantirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






