Bilim va mahorat sohiblari rag‘batlantirildi
2026-06-18 12:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida har payshanba – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasblar tanlovi hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, tanlov va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlarni samimiy qutladi. Sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tuman rahbari yoshlarning bilim va iqtidorini yuksak baholab, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va omad tiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






