Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
2026-06-18 07:55:00 / Yangiliklar
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvi munosabati bilan Namangan viloyatining shahar va tumanlarida katta ekranlar orqali jonli translyatsiya tashkil etildi.

Yangi Namangan tumanidagi Namangan davlat texnika universitetida ham yuzlab futbolsevarlar jam bo‘lib, milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Qo‘llarda bayroqlar, dillarda esa g‘alabaga bo‘lgan ishonch mujassam.
Futbolning xalqni birlashtiruvchi kuch ekani viloyatning barcha hududlarida, jumladan, Yangi Namangan tumanidagi muxlislar ishtirokida yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








