Yangi Namangan tumani hojilari yurtga qaytishdi
2026-06-12 21:45:00 / Yangiliklar
“Haj-2026” dasturi doirasida Yangi Namangan tumanidan muqaddas haj ziyoratiga yo‘l olgan 86 nafar yurtdoshimiz safarni muvaffaqiyatli ado etib, Vatanga qaytib kelishdi.

Hojilarimiz islom dinining muhim farzlaridan biri bo‘lgan haj amallarini bajarib, yurtga yorug‘ yuz va ko‘tarinki kayfiyat bilan qaytdilar. Ularni “Diyor” majmuasida qarindosh-urug‘lari, yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari samimiy kutib oldi.
Muborak safardan qaytgan hojilarning yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi uchun qilgan duolari qabul bo‘lsin.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









