Yangi Namangan tumanida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-06-11 18:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi, uning o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla mas’ullari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumanni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusi davrdagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Tadbir davomida ijro va tartib-intizomni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









