Mahalla xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi
2026-06-08 11:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shu doirada “Bunyodkor” mahallasidagi huquq-tartibot maskani faoliyati va unda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Maskanning ish faoliyati, mahallada xavfsizlikni ta’minlash hamda profilaktika ishlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi aholi xavfsizligini ta’minlashda hamkorlikni kuchaytirish va huquq-tartibot maskani faoliyati samaradorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi Axborot xizmati.






