Yangi Namangan tumanida DXX kubogining final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
2026-06-05 22:00:00 / Yangiliklar

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur madaniyat va istirohat bog‘ida final bosqichi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin “Mingchinor” mahallasi;
🥈2-o‘rin “Sohil” mahallasi;
🥉3-o‘rin “Go‘zal” mahallasi;
Mini futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin “Ishonch” mahallasi;
🥈2-o‘rin “Guliston” mahallasi;
🥉3-o‘rin Furqat nomli mahalla;
❗️Katta futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin “Guliston” mahallasi;
🥈2-o‘rin “Sherbuloq” mahallasi;
🥉3-o‘rin “Bunyodkor” mahallasi yoshlariga nasib qildi.
Tadbir yakunida Yangi Namangan tumani hokimi, tuman IIB boshlig‘i hamda prokuratura rahbariyati tomonidan g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va medallar topshirildi.
Endi 1-o‘rinni olgan jamoalar musobaqaning viloyat bosqichida tuman sharafini himoya qiladilar.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









