Brifing
2026-06-01 10:10:00 / Matbuot anjumanlari

HISOBOT
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Yangi Namangan tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxati asosida tuman miqyosida jami 42 ta ichki ko‘chalar kiritilgan bo‘lib ushbu ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari boyicha 4 400 000 mln so‘m ajratilib, 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxati shakillantirilgan bo‘lib ushbu dastur asosida tuman bo‘yicha jami 47 120 metr, shundan 30 570 metr asfalt qoplamali yo‘lni qisman ta’mirlash hamda 16 550 metrtuproq yo‘llarni shag‘allashtirish rejalashtirilgan. Ushbu rejaga asosan tumandagi “Оromgoh” MFY, Afrosiyob ko`chalari 1 400 metr, “Beruniy” MFY, Sanoat ko`chasi 1 050 metr, I.Karimov ko`chasi 2 500 metr, J.Manguberdi ko`chasi 1 100 metr, “Mingchinor” MFY, Oromgoh ko`chasi 1 740 metr, Yevropa qabriston yo`li 30 metr, “Go`zal” MFY, J.Manguberdi ko`chasi 1 200 metr, “Furqat” MFY, Do`stlik o`tish ko`chalari 1 500.0 metr joriy ta`mirlash yani (yamishni) aspalt qilish rejalashtirilgan. Tumandagi “Saxovat” MFY, Mustaqillik 10-yilligi ko`chasi 1 500.0 metr qismini shag‘allashtirish ishkari rejalashtirilgan dastlabki dastur asosida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalar ta’mirlanadi.




