Yangi Namangan tumani Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-06-01 10:50:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hayotiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil birinchi choragida mahalliy budjet mablag‘larining sarflanishi, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









