Jajjilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi
2026-06-01 12:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi 73-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida bolajonlar o‘zaro sport musobaqalarida bellashib, o‘z chaqqonligi va faolligini namoyon etdilar. Shuningdek, jajjilar tomonidan raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida barcha bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









