Yangi Namangan tumanida Bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi
2026-06-01 21:25:00 / Yangiliklar
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yangi Namangan tumanida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalar uchun konsert dasturlari, madaniy-ko‘ngilochar chiqishlar va turli qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Yangi Namangan tumani madaniyat bo‘limi san’atkorlari ijrosida yoshlarbop qo‘shiqlar va Vatanni madh etuvchi taronalar yangradi, yig‘ilganlar bayramona muhitdan bahramand bo‘ldilar.
Bayram sababchilari bo‘lgan bolalarga sovg‘alar ulashildi, ularning yuzlarida quvonch va tabassum aks etdi.
Mazkur tadbir yosh avlodning ma’naviy kamolotiga e’tibor qaratish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Bayram bolalar uchun unutilmas va quvonchli lahzalarga boy tarzda o‘tdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









