Namangandagi umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
2026-05-25 12:20:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il – qizlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tantananing barcha ishtirokchilarini, ustoz-muallimlar, ota-onalar, o‘quvchi-oshlarni muborakbod etib, mazkur maktabni tamomlayotgan120 nafar bitiruvchiga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.
Yil davomida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchi yoshlar rag‘batlantirilib, iqtidorli o‘quvchilarning ota - onalari "Eng faol ota", "Jonkuyar ona", "Mas’uliyatli ota - ona" kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Tadbir davomida viloyat hokimi bitiruvchilar bilan suhbatlashib, kelgusi maqsad va rejalari bilan qiziqdi, el-urt xizmati uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishga chorladi.
Ta’kidlash joizki, 2025 – 2026 o‘quv yilida Namangan viloyatida umumta’lim maktablarining 11-sinfini 39981 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Viloyatdagi bitiruvchilar orasidan 725 nafar o‘quvchi oltin, 150 nafar yoshlar esa kumush medal sohibiga aylandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









