Yangi Namanganda “Yoshlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
2026-05-21 10:35:00 / Yangiliklar
Yurtimizda har payshanba keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida joylashgan 87-maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman hokimi dars jarayonlarini kuzatib, o‘quvchilarning bilim va mahoratini baholadi. “Yoshlar kuni” doirasida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar namoyish etildi, shuningdek, yoshlarning qo‘l mehnati va ijodiy ishlaridan iborat hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Bundan tashqari, sport musobaqalari, rasm chizish tanlovlari hamda milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning iqtidori va faolligi namoyon etildi.
Tadbir yoshlarda jamoaviylik, milliy qadriyatlarga hurmat va faol hayotiy pozitsiyani mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









