Yoshlar murojaatlari tinglandi va amaliy yordam ko‘rsatildi
2026-05-21 15:55:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Yangi Namangan tumani hokimi yigit-qizlar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Har bir masala atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida hal qilinib, yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish va tashabbuslarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









