“Ishonch”da bir xonadonda 100 dan ortiq chorva parvarish qilinmoqda
2026-05-19 16:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Ishonch” mahallasida mehnatkash aholi dehqonchilik va chorvachilik orqali ro‘zg‘orini obod qilmoqda. Ayniqsa, xonadonlarda chorva parvarishiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.

Shu mahallada yashovchi Qutbiddin Ikramov xonadonida dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda uning xo‘jaligida 30 dan ortiq qora mol, 70 taga yaqin qo‘y va 60 dan ziyod parranda parvarish qilinmoqda.
Mehnat va harakat orqali oila daromadini oshirayotgan bunday xonadonlar mahallada boshqalarga ham o‘rnak bo‘lmoqda. Chorvachilikdan kelayotgan daromad esa ro‘zg‘or barakasiga xizmat qilyapti.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





