Tomorqasi kichik, niyati katta xonadonlar
2026-05-19 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Ishonch” mahallasida aholi tomorqadan samarali foydalanib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda. Mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar soni ortib bormoqda.

Zoyir Pirmuhammedov o‘z tomorqasida bodring va pomidor yetishtirib, yil davomida uch martagacha hosil olmoqda. Ayni paytda bodringdan bir mavsumda 4-5 tonnagacha hosil olinmoqda. Bu esa oila daromadini oshirishga xizmat qilyapti.
Bu borada Isroil Nishonov ham katta tajribaga ega, u 4 sotix yerdan samarali foydalanib, bir mavsumda 5 tonnagacha hosil oladi. Uning aytishicha, yerga mehr bilan qaralsa, hosil ham barakali bo‘ladi.
Mahallada mehnat qilayotgan bunday xonadonlar boshqalarga ham o‘rnak bo‘lmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





