Maktablarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi
2026-05-18 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida maktab direktorlari va bitiruvchi sinf rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz va tartibli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman hokimi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirok etib, pedagoglar bilan bu boradagi muhim vazifalar yuzasidan fikr almashdilar. Ayniqsa, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va turli noxush holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida mas’ullarga ta’lim muassasalarida nazoratni kuchaytirish, bitiruvchilar ishtirokidagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




