“Sherbuloq”da zamonaviy ma’muriy bino va guzar ochildi
2026-05-16 12:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Namangan viloyati “Nuroniylar” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, Senator Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ahadjon Mirzayev, Yangi Namangan tumani hokimi Adhamjon Karabayev hamda faxriylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, ushbu inshootlar aholiga yanada sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish, mahallada ijtimoiy muhitni yaxshilash hamda fuqarolar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Yangi ma’muriy binoda aholi murojaatlari bilan ishlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va mahalla faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Shuningdek, nuroniylar guzarida keksalarning mazmunli hordiq chiqarishi va uchrashuvlar o‘tkazishi uchun zamonaviy sharoitlar muhayyo etilgan.
Tadbir so‘ngida nuroniylar va mahalla ahli yaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdilar.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









