Yangi Namanganda yana bir oilaviy korxona faoliyati boshlandi
2026-05-15 13:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yana bir oilaviy tadbirkorlik loyihasi faoliyat boshladi. Tumanning “Mingchinor” mahallasida yashovchi tadbirkor Muhiddin A’zamov tomonidan kandolatchilik mahsulotlari tayyorlash syexi tashkil etildi.

Hozirda korxonada 10 nafar mahalla yoshlari va xotin-qizlari doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda kuniga qariyb 100 kilogramm turli shirinlik va kandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib, mahalliy bozorlarga yetkazib berilmoqda.
Tadbirkor kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash hamda o‘z brendini yaratish harakatida.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





