Yangi Namanganda “Yoshlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
2026-05-14 10:35:00 / Yangiliklar
Yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidori va tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Yangi Namangan tumanining “Atangan guzar” mahallasidagi 71-maktabda bo‘lib o‘tdi. Dastlab harbiy vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar namoyish etildi hamda o‘quvchilarning qo‘l mehnati va ijodiy ishlaridan iborat hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tuman hokimi ko‘rgazma bilan tanishar ekan, yoshlarning intilishi, ijodkorligi va mehnatsevarligini yuqori baholadi.
Tadbir doirasida sport musobaqalari, rasm chizish tanlovlari hamda milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha bellashuvlar ham o‘tkazildi.
Quvnoq va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirlar yoshlarning jamoaviylik, faollik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








