Irrigatsiya tarmoqlaridagi muammolar bartaraf etilmoqda
2026-05-13 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasi “Sanoat” ko‘chasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomli mahallasi hududidagi Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida irrigatsiya tarmoqlari uzoq yillar davomida yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Bu esa yog‘ingarchilik mavsumlarida suv toshqinlari va qator noqulayliklarga sabab bo‘lib kelgan.

Hozirgi kunda ushbu eski tarmoqlar to‘liq yangilanib, mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Ayni paytda “Sanoat” ko‘chasida ish boshlangan, qolgan hududlardayam muammo bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.
Olib borilayotgan ishlar irrigatsiya tizimining samarali faoliyatini ta’minlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






