Oilaviy korxona mahallada 15 kishini ishli qildi
2026-05-12 14:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining Boborahim Mashrab mahallasida faoliyat yuritayotgan “Trender” tikuvchilik syexi mahallada yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi bandligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

Tadbirkor Jobir Tursunov tomonidan tashkil etilgan oilaviy korxonada bugungi kunda 15 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Syexda asosan erkaklar kiyimlari tikilib, tayyor mahsulotlar tashqi bozorga eksport qilinmoqda.
Bunday kichik ishlab chiqarish korxonalari hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





