Ilg‘or tajriba asosida ko‘p qavatli uylar atrofida qulay sharoitlar yaratilmoqda
2026-05-11 10:15:00 / Yangiliklar
Abu Rayxon Beruniy mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.

Hududda tartibga keltirish ishlari olib borilib, kommunal sohadagi muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun eski quvurlar yangilandi.
Shu bilan birga, elektr tarmoqlarida ham ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.
Mahalla ichidagi yo‘llar ham sozlanib, ravon holatga keltirilmoqda. Bu esa aholining harakatlanishini yengillashtirib, xavfsizlikni oshiradi.
Umuman olganda, ko‘p qavatli uylar atrofida olib borilayotgan bu kabi ishlar aholi uchun yanada qulay va munosib sharoit yaratishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








