Yangi Namangan tumanidan 86 nafar ziyoratchi Haj safariga kuzatildi
2026-05-08 21:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidan “Haj–2026” dasturi doirasida 86 nafar ziyoratchi muqaddas Haj safariga kuzatildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan kuzatuv tadbirida tuman faollari hamda ziyoratchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi hojilarni qutlab, safarning xayrli va barakali o‘tishini tiladi.
Shuningdek, ziyoratchilar uchun dasturxon yozilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va millatlararo totuvlik uchun duolar qilindi.
Hojilar muqaddas zaminda Islom dinining besh ustunidan biri bo‘lgan Haj ibodatini ado etish maqsadida safarga jo‘nab ketdilar.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








