“Kelajak tongi” mahallasida yil davomida pomidor yetishtirilmoqda
2026-05-08 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida tadbirkor Akmal Gʻaniyev tomonidan zamonaviy issiqxona qurildi, 70 sotix maydondagi “parnik”da asosan oliy navli pomidor yetishtirilib, ichki bozorga va eksportga chiqarilmoqda.

Issiqxonada ko‘chatlar zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanadi. Shu bois bu yerda yilning barcha fasllarida pomidor yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Hozirda yiliga 54 tonna hosil olinib, uning 38 tonnasi xorijga eksport qilinmoqda. Qolgan qismi esa ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Ahamiyatlisi bu yerda 15 kishi doimiy ish bilan band. Mazkur mehnat ortidan tadbirkor yiliga o‘rtacha 270 million so‘m daromad olmoqda. Eng muhimi, bu kabi issiqxonalar aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






