“Yoshlar kuni” munosabati bilan 86-maktabda yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
2026-05-07 12:15:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Yangi Namangan tumanidagi 86-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha asosida maktabning 420 o‘rinli asosiy binosi kapital ta’mirlanib, qo‘shimcha ravishda 620 o‘rinli yangi o‘quv korpusi barpo etildi.
Ta’kidlanganidek, zamonaviy ta’lim sharoitlarining yaratilishi o‘quvchilarning sifatli bilim olishi, iqtidor va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi ta’lim muassasasining “Yoshlar kuni” doirasida foydalanishga topshirilishi yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






