100 yoshli faxriy holidan xabar olindi
2026-05-06 13:15:00 / Yangiliklar
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylariga alohida e’tibor va hurmat ko‘rsatilmoqda. Bu ezgu sana arafasida ularning holidan xabar olish, sovg‘alar ulashish va duolarini olish an’anaga aylangan.

Shu munosabat bilan Yangi Namangan tumani hokimi “Istiqbol” mahallasida yashovchi 100 yoshdan oshgan front orti xizmatchisi Inobatxon aya Qodirova xonadonida bo‘ldi. Faxriy onaga bayram sovg‘alari topshirilib, salomatlik va uzoq umr tilaklari bildirildi.
Inobatxon aya yurtimizdagi osoyishtalik va farovon hayot uchun shukronalar aytdi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik urush va mehnat fronti faxriylariga bo‘lgan hurmatning ifodasidir.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





