Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlari davom etmoqda
2026-05-05 11:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi turmush darajasini oshirish va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadida yana bir katta loyiha boshlandi, tumanning “Tinchlik” va “Yoshlik” mahallalarida suv tarmog‘i modernizatsiya qilinmoqda.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan “Namangan shahrining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida mazkur mahallalar hududidan o‘tuvchi eski D-500 mmli suv tarmog‘i to‘liq yangilanmoqda hamda 2300 metr yangi tarmoq tortilyapti.
Natijada 2130 ta xonadon yoki 9230 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




