Plastik chiqindilardan sanoat mahsulotlari tayyorlanmoqda
2026-05-04 15:25:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda plastik chiqindilarni qayta ishlash dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Shu yo‘nalishda Yangi Namangan tumanidagi Abu Rayxon Beruniy mahallasida joylashgan “Turob plast” korxonasi samarali faoliyat olib bormoqda.

Korxonada tashlab yuborilgan plastmassalar qayta ishlanib, undan plastik granulalar va sintetik yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanmoqda. Yiliga 700 tonna chiqindi qayta ishlanib, tayyor mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bu esa chiqindilarni kamaytirish va ularni foydali mahsulotga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ahamiyatlisi, ushbu faoliyat orqali 30 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






