Yangi Namanganda ham “Aqlli tuman” tajribasi joriy etiladi
2026-05-01 18:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Prezident Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situasion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi faoliyati bilan tanishgan edi. Ushbu ilg‘or tajriba asosida Yangi Namangan tumani hokimi ham mazkur hududga borib, tizimning ishlash jarayonini o‘rgandi. Tashrif davomida mahallalar holati, qurilish ishlari va infratuzilma rivoji joyida ko‘zdan kechirildi.
Ilg‘or tajriba asosida Yangi Namangan tumani markazlari va asosiy hududlarida ham shu kabi situasion-tahlil markazlarini tashkil etish rejalandi. Bugun esa o‘rganilgan tajriba asosida amaliy ishlar rejasi muhokama qilindi. Abu Rayxon Beruniy mahallasida tuman mas’ullari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylar, markaziy ko‘chalar va asosiy yo‘llarda ushbu tizimni bosqichma-bosqich joriy etish vazifalari taqsimlab olindi.
Mazkur chora-tadbirlar hududni yanada obod qilish, boshqaruv samaradorligini oshirish va aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






