65-maktabda o‘quvchilar bilan ochiq muloqot ham bo‘lib o‘tdi
2026-04-30 12:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi 65-maktabda “Yoshlar kuni” tadbiri doirasida bir qator mazmunli tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, o‘quvchilar uchun ochiq darslar va zakovat o‘yinlari o‘tkazildi. Shuningdek, yigit-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, ularning tanlagan kasbi, kelgusi rejalari va maqsadlari haqida fikrlari tinglandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, o‘z imkoniyatlarini anglash va kelajakka ishonch bilan intilishlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati



