65-maktabda “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2026-04-30 11:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida joylashgan 65-maktabda “Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida shashka-shaxmat, stol tennisi va futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Yoshlar bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘z mahorat va qobiliyatlarini namoyon etdilar. Musobaqalar do‘stona muhitda o‘tib, o‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tardi.
Mazkur maktabda turli xil to‘garaklar samarali ishlab, yoshlarning iqtidorini rivojlantirishga hissa qo‘shayotganini ko‘rish mumkin.
Bugungi tadbir ham o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni yanada faol bo‘lishga undashga xizmat qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






