“Go‘zal” mahallasida ham ayollar uchun yangi markaz ochildi
2026-04-28 16:25:00 / Yangiliklar

Bugun “Go‘zal” mahallasida ham xotin-qizlar uchun bandlik va salomatlik markazi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur maskan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning daromad manbaini shakllantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Markazda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularni kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash imkoniyatlari yaratilgan.
Mutaxassislar tomonidan turli yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z qiziqish va iqtidoriga mos ravishda kasb egallash imkoniga ega bo‘lmoqda.
Mazkur markaz faoliyati orqali hududda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ishlar yanada kengaymoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




