Kichik korxona, katta reja: poyabzal eksporti kengaymoqda
2026-04-28 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namngan tumanida 2023 yilda tashkil etilgan “Anvar Rustam o‘g‘li” MCHJ erkaklar poyabzali ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxonada 20 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxona mahsulotlari tashqi bozorlarga ham yetkazilmoqda. 2025 yilda umumiy 100 ming dollarlik poyabzal eksport qilingan.
Tadbirkorlar 2026 yilda ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, eksportni 200 ming dollarga yetkazish hamda 7 ming juft poyabzal tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Yangi Namngan tumani hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




