Kichik maydonda tashkil etilgan issiqxona yuqori daromad keltirmoqda
2026-04-27 14:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Yoshlik” mahallasida yashovchi Nabijon Ahmadjonov o‘z xonadon tomorqasidan samarali foydalanib, kichik maydonni daromad manbaiga aylantirdi.

U 4 sotix yerda barpo etilgan issiqxonada bodring yetishtirib, oilasi bilan birga mehnat qilmoqda. Ayni paytda ekinlar hosilga kirgan. Yiliga 2-3 marotaba hosil olish orqali xonadonga 60-70 million so‘mgacha daromad kirmoqda.
Tuman hokimi mazkur xonadonda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. U bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




