“Yoshlar kuni”da ilg‘or g‘oyalar va startap tashabbuslar taqdim etildi
2026-04-23 15:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida “Yoshlar kuni” doirasida izlanuvchan, kreativ fikrlaydigan va iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Impuls tibbiyot institutida o‘tkazildi tadbirda yoshlar o‘zlarining turizm, kommunal soha, favqulodda holatlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jihozlari, innovatsion qurilmalar hamda kreativ loyihalari, ijodiy ishlanmalari va startap tashabbuslarini taqdim etdilar.
Muloqot jarayonida talabalar va tuman tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan choralar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘oyalarini hayotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









