Kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan mahallalar mas’ullari bilan muhokama o‘tkazildi
2026-04-23 14:05:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tumanida kriminogen vaziyati murakkab va jinoyatchilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mahallalar mas’ullari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar muhokama etildi. Shuningdek, hududlardagi ijtimoiy muhit, aholi bandligi, profilaktika ishlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat rahbari jinoyatchilikning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, mutasaddi tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va aholi bilan manzilli ishlash orqali hududlarda xavfsizlikni ta’minlashga erishiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






