Yangi Namangan tumanida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi
2026-04-23 12:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi. Bayram dasturi jadidlar va buyuk allomalar obrazlari aks etgan sahnaviy chiqishlar bilan boshlandi.
Dastur doirasida milliy liboslar namoyishi, sport musobaqalari, rasm chizish tanlovlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda palov tayyorlash bellashuvlari o‘tkazildi. Shuningdek, milliy o‘yinlar va ko‘rgazmali chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ochiq darslar orqali o‘quvchilarning bilim va salohiyati namoyon etildi. Maktabda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.
Tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









