Yangi Namangan mahsulotlari Afg‘oniston vakillarining e’tiborini tortdi
2026-04-22 09:35:00 / Yangiliklar
Afg‘oniston hukumati Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyaning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida qator amaliy uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, mehmonlar “Yangi Namangan shaharchasi”da joylashgan “Congress Hall” majmuasida o‘tkazilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar yarmarkasida ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rgazmada viloyat tadbirkorlari qatorida Yangi Namangan tumani ishbilarmonlari ham faol qatnashib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini tanishtirishdi.
Taqdim etilgan mahsulotlar sifati va turlarining xilma-xilligi Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tomonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









