Yangi Namangan tumanida tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-21 16:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida joylashgan “Vatanparvar” tashkiloti hududida tuman hokimining mahalliy va xorijiy investorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi tashabbuskorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi rahbari, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, tegishli idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida investitsiya imkoniyatlari, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ochiq muloqotda loyiha tashabbuskorlari o‘z g‘oyalarini taqdim etishdi, bank vakillari tomonidan esa mavjud kredit imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Yakunda tadbirkorlarning soliq, moliyalashtirish, yer ajratish va imtiyozlarga oid muammo hamda takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









