Yosh iqtidor egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-04-09 16:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yosh iqtidor egalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda hududni yanada obod va jozibador ko‘rinishga keltirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda yoshlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Mazkur muloqot yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va tumanni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






