Namanganda DXX kubogi saralash bosqichi start oldi
2026-04-09 10:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun futbol va mini futbol bo‘yicha saralash bosqichi bellashuvlari boshlandi.

Mazkur musobaqalar har yili 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilda Yangi Namangan tumanida saralash o‘yinlari yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tumanning 25 ta mahallasidan tuzilgan jamoalar hududlar kesimida bellashib, har bir mahalladan eng kuchli jamoalar saralab olindi.
Bugun har payshanba o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” ning ilk tadbiri “Barkamol avlod” sport majmuasida shahar-tuman bosqichi starti bilan boshlandi. Unda Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlaridan saralangan yoshlar ishtirok etdilar. Ularga baxslarda omad va zafarlar tilandi.
O‘yin yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









