Yangi Namangan tumanida hokim olimpiadasi yakuniga yetdi
2026-04-08 15:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yoshlar o‘rtasida hokim olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sportning 13 ta turini qamrab olgan musobaqalarda jami 1300 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda o‘z mahorat va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqalar doirasida stol tenisi bo‘yicha bellashuvlar ham tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va raqobatbardosh tarzda o‘tdi.
Mazkur tadbirlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlar munosib e’tirof etildi. Tadbir ishtirokchilariga kelgusida yanada yuksak natijalarga erishishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









